- Skanerli kassa va aniq ombor qoldig'i
- Payme, Click, Uzum va UzQR orqali to'lov
- Onlayn do'kon, Telegram chek va bonuslar
- Uzum Market bilan qoldiq va buyurtmalar
MERX ikki xil savdo uchun alohida qurilgan: optom sotadigan ulgurji savdo va xaridorga bittalab sotadigan chakana do'kon. Ikkalasi bir-biriga ulanadi.
Savdo ko'paygani sayin qog'ozdagi hisob xatoga, unutilgan qarzga va ko'rinmas yo'qotishga aylanadi.
Xaridor tovar so'raydi, tokchada yo'q, omborda bormi — hech kim bilmaydi.
Nasiyalar daftarda, muddatlar xotirada. Kechikkan qarz yo'qolgan foyda.
Naqd, karta, o'tkazma aralash. Farq qayerdan chiqqanini topish soatlab vaqt oladi.
Telefon, planshet yoki kompyuterda ishlaydi. Internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi.
Chakanaga kirishQarz tizimning markazida: kim qancha olgani, qancha to'lagani va qachon to'lashi kerakligi doim aniq.
Ulgurjiga kirishChakana do'kon ulgurji ta'minotchisidan olgan tovarini qo'lda kiritmaydi.
Do'konga tovar MERX Ulgurji'da sotiladi, chek do'kon hisobiga yoziladi.
Chakana ilovada xarid ro'yxati chiqadi — tovarlar nomi va narxi bilan omborga tushadi.
Nima tez sotilayotgani ko'rinadi, ta'minotchiga qayta buyurtma tavsiya qilinadi.
Narxlar oyiga. Yillik to'lovda chegirma bor — bog'laning.
Hozir birinchi do'konlar bilan sinov davri ketmoqda. Qo'shilmoqchi bo'lsangiz, yozing.
Tariflar yuklanmoqda…
Ulgurji — optom sotadiganlar uchun: pochka bilan sotuv, nasiya, mijoz portali. Chakana — xaridorga bittalab sotadigan do'kon uchun: skanerli kassa, onlayn do'kon, bonuslar, Uzum Market. Ikkalasida ham ishlasangiz, ular bir-biriga ulanadi.
Kassa ishlashda davom etadi. Sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytishi bilan bulutga yuboriladi.
Brauzeri bor istalgan telefon, planshet yoki kompyuter. Skaner va chek printeri bo'lsa — ulaysiz, bo'lmasa telefon kamerasi bilan ham skanerlash mumkin.
Har do'konning ma'lumoti alohida saqlanadi va boshqa do'kon ko'ra olmaydi. To'lov tizimlari kalitlari serverda yopiq turadi, kassir ularni ko'rmaydi.
UzQR orqali to'lov chakana kassada ishlaydi — bankdan olgan QR'ingizni ulaysiz. Fiskal chek virtual kassa provayderi orqali ulanmoqda; tayyor bo'lgach sozlamalarda yoqasiz.
Har xodimga alohida PIN kod va ruxsat beriladi: masalan kassir sotadi, lekin chegirma bera olmaydi va sozlamalarga kira olmaydi.
Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing — tizimni ko'rsatamiz va ulashga yordam beramiz.